Севги фазоси текст песни

Обновлено: 04.10.2024

Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi


Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi Текст песни

Muhabbat yaprog’in uzganing rostmi?
Chechak ochilsin deb kutganing rostmi?
Sevgi gulshanida bir lola bo’lib,
Bulbulning mehrini tutganing rostmi?

Tog’lardek matonat tilayman senga,
Daryodek jo’shqin bo’l sevgi bobida.
Va’dangga vafoli bo’lsang sen uchun
Sahifa ochilur baxt kitobida.

Sevgi fazosinda uchganlar ko’pdir,
Xayolda yulduzni quchganlar ko’pdir,
Ha, quchganlar ko’pdir.

Qayg’udan yiroq yur mening oqqushim,
Yuzingga yuqtirma qaroni aslo.
Libosing misoli qalbing oq bo’lsin,
Sevging chin, pok bo’lsin, ey aqli raso.

Tog’lardek matonat tilayman senga,
Daryodek jo’shqin bo’l sevgi bobida.
Va’dangga vafoli bo’lsang sen uchun
Sahifa ochilur baxt kitobida.

Sevgi fazosinda uchganlar ko’pdir,
Xayolda yulduzni quchganlar ko’pdir,
Ha, quchganlar ko’pdir.
Hattoki dengizning tubiga sho’ng’ib,
Aslida vafodan qochganlar ko’pdir,
Ha, qochganlar ko’pdir. (x2)

Instagramda men bir kun Bir qizni ko‘rib qoldim, Bilmayman nima uchun Suratiga layk bosdim.

Yaxshidan bog‘ qolur, bog‘bon o‘zingiz, Duolari dilga darmon o‘zingiz, Baxtimizga bo‘ling omon o‘zingiz, Dil daftarin tillo satri otajon, Rizvoniy bog‘larning atri onajon.

O'z-o'zimni pichoqsiz so'ydim Yuragimni sog'inchdan o'ydim Bu dunyodan juda xam to'ydim Tushlarimga kiring.

So’zimga hech kirmagan yurak, Sendek go’zal ko’rmagan yurak. (x2) Sendan bo’lak, sendan boshqaga Bunchalar tez urmagan yurak. (x2).

Qalbim seni sog’inar, Marjondek sochilar, Yulduz bo’lib osmonga Zor kechalar.

Читайте также: