Дилдора ниязова текст песни

Обновлено: 22.11.2024

Onaginam, senday yaqin do`st yo`q ekan,
Mehringga-ku, umuman gap-so`z yo`q ekan.
Sen qilgan bu duolar-u tilagingning,
Oldida bosh egaman sof yuragingning.

Qani bitta mo`jiza ro`y bersa edi,
Yo bir sehr qo`llarimdan kelsa edi.
Onajonim, ko`zlaringda nur bo`lardim,
Mehribonim, yo`llaringda gul bo`lardim.

Onaginam, kel, poyingga men tiz cho`kay,
Meni boqqan qo`llaringdan, kel, bir o`pay.
Bag`ringga bosh qo`ysam, g`amlar chekinadi,
Yuragimdan g`am-alamlar to`kiladi.

Qani bitta mo`jiza ro`y bersa edi,
Yo bir sehr qo`llarimdan kelsa edi.
Onajonim, ko`zlaringda nur bo`lardim,
Mehribonim, yo`llaringda gul bo`lardim.

Qani bitta mo`jiza ro`y bersa edi,
Yo bir sehr qo`llarimdan kelsa edi.
Onajonim, kim bo`lsam ham bu dunyoda,
Mehribonim, sening uchun qul bo`lardim.

Onaginam, senday yaqin do`st yo`q ekan,
Mehringga-ku, umuman gap-so`z yo`q ekan.
Onajonim, tilagim bor alohida:
Asrasin yo Rabbim seni panohida.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Читайте также: