Юлдуз усманова тут кулимдан текст песни

Обновлено: 19.09.2024

Faqat jonim, umid uzmagin,
Bu sinov kunlar o`tar.
Sinovning dushmani – sabr,
Bizdan qochar bulutlar.

Tut qo`limdan, meni ko`p sev,
Kimsaga berma meni.
Sevsang agar, bir umr sev,
Bir kunlik sevma meni.

Yaxshi kunda, yomon kunda,
Ko`ksingda saqla meni.
G`arib ko`nglimning malhami,
Yolg`iz tashlama meni.

Kel yorim, tut qo`llarimdan,
Jonim yovga yedirma meni.
Men ham seni jondan sevdim,
Qalbingdan otma meni.

Har ne, shamol, bo`ron kelsa,
Aslo qo`rqitmas meni.
Faqat yorim, sen vafoli bo`lgin,
Men umrbod sevay seni.

Tut qo`limdan, meni ko`p sev,
Kimsaga berma meni.
Sevsang agar, bir umr sev,
Bir kunlik sevma meni.
Yaxshi kunda, yomon kunda,
Ko`ksingda saqla meni.
G`arib ko`nglimning malhami,
Yolg`iz tashlama meni. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Читайте также: