Текст песни сардор рахимхон мама

Обновлено: 22.12.2024

Mazmunsiz ko`zlar, befoyda so`zlar,
Kerakmas, jonim, kerakmas.
Sevgisiz yurak, sensiz bu yurak
Yurakmas, aslo yurakmas.

Hayotim tortiq, yo`q bundan ortiq,
Faqat qol, sen yonimda qol.
Haroratim ham, halovatim ham
Mayli ol, borlig`imni ol.

Qaylardasan ayt, bahorim kelarmisan?
Kel, yonimga qayt, quyoshim, kularmisan?
Yor, Madinam ayt, sog`inchim bilarmisan?
Chiroyliginam, yo mensiz yig`larmisan? (x2)

Yulduzlar guvoh, dengizlar guvoh
Bariga, azoblarimga.
Ular chidolmas, hech kim chidolmas
Dardimga, qiynoqlarimga.

Mehring davodir, suv va havodir
Bir so`zing, yulduzday ko`zing.
Faqat kulib tur, baxtim bo`lib yur
Sen o`zing, tanho sen o`zing.

Qaylardasan ayt, bahorim kelarmisan?
Kel, yonimga qayt, quyoshim, kularmisan?
Yor, Madinam ayt, sog`inchim bilarmisan?
Chiroyliginam, yo mensiz yig`larmisan?

Qaylardasan ayt, bahorim kelarmisan?
Kel, yonimga qayt, quyoshim kularmisan?
Yor, Madinam ayt, sog`inchim bilarmisan?
Chiroyliginam, shirinso`zginam.

Читайте также: