Текст песни карвон курдим шерали жураев

Обновлено: 22.12.2024

BIR-BIRLARINGIZNI SEVING! Bizlar birodarlarmiz, SIZLARNI SEVAMAN!

Sherali Jo`rayev

• Oshiqlar sardori

• Yoshligimiz

• Do`st bo`lsang

• Begunoh ohu

• Sohibqironim

• Oshiqma oy

• Umr o`tmoqda

• Ko`zga ne bo`ldi

• Kerma manmanlik…

• Birinchi muhabbatim

• Tushimda ko`rsam

• Qaysi uyning shamidur

• Bobodehqon

• Avvalgilarga o’xshamas

• Qoshi kamonim

• Muqaddas ayol

• Ajab hangomlar ko`rdim

• Andijon tomonlarda

• Yor topolmaysan

• Ishq istilosi

• Ul go`zal yuz

• Qaro ko`zim

• Oshiq bo`ldim

• Achchiq haqiqat

• Qoshi kamon

• El bilsa bo`ldi

• Hay-hay sanam

• Tashvishi insondadur

• Do`sti yoring bor bo`lsa

• Dilbar qo`lida sozi

• Davron to`xtamas

• Egasi bor yurt

• O`zbekiston

• Dunyoni qizg`anma

• Ko`zlarga boqdim

• Olis yo`llar

• San’atdagi imkonimiz

• Tark aylama

• Meni kutgil

• Olloh-Olloh

• Jon qizlar

• Keldi bahor

• Ko‘ring • Nasibam

• Toshkanlik qizcha

• Oshiq bo‘ling

• O‘ynab-o‘ynab

• Qarashlarga

• Qayga borursan

• Andajonim qoldi manim

• Bahor aldamas

• Bahor ayyomi

• El bilsa bo‘ldi

• Yetolmay qomatim

• Gar kaklik oldirsa

• Inson o‘zing

• Aqling bo’lsa

• Arslon chorlagandi

• Eshigingdan o’tarman

• Gul ichinda uchratdim

• Men borman

• Muhtoj qilmagin

• Ona Turkiston

• Onani hurmat qiling

• O’rtada begona yo’q

• O’zbekiston

• Qayda ko’rganman seni

• Siz uni odam demang

• Uch balodan asrasin

• Ul go’zal yuz

• Yodimdasan

OSHIQLAR SARDORI

Rasul HAMZATOV she’ri

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,

Hamon yoningdaman, tanangda jonman.

Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa

Bilgilki alarning sardori menman.

Qo‘llarim istagi tutmoqlik qo‘ldan,

Istagim totmoqlik labdagi boldan,

Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan

Bilgilki eng avval kelgani menman.

Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang,

Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,

Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang

Bilgilki yuztadan bittasi menman.

Keksalik degan so‘z joy olsa dildan,

Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,

Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan

Bilgilki eng avval gul tutgan menman.

Falak falakligin qilsa nogahon,

Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon,

Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon

Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman.

Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa,

Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,

Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa

Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman.

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,

Hamon yoningdaman, tanangda jonman.

Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa

Bilgilki alarning sardori menman.

Dilimda qolmadi tinchlik va orom,

Talab ketdi o‘shal ma’shuqi Bahrom.

Salom yetkur nigorimga sabo, tez

Borib anga degilki, ey Dilorom.

Ey Dilorom, ey Dilorom,

Dilimda qolmadi tinchlik va orom.

Qachon sendan yiroq bo‘ldim chunon-a,

Na xush qoldi, na qoldi aqlu orom,

Yugurdim har taraf men misli Majnun

Dilimda Layli nomi subhidam, shom.

Ey Dilorom, ey Dilorom,

Dilimda qolmadi tinchlik va orom.

Yugurdim har taraf manzilma manzil,

Talab aylab sani ey chehra gul qosh,

Na sendan bir xabar topdim, na payg‘on

Na sendan menga sog‘ar bor, na paymon.

Ey Dilorom, ey Dilorom,

Dilimda qolmadi tinchlik va orom.

Gajak zulfingga bo‘ldim misli oftob

To‘lib poyingga zulfing tashlamish dor,

Fazal bitmakni qo‘y endi Nizomiy

Tushib xilvatga cho‘k sen zori nochor.

Ey Dilorom, ey Dilorom,

Dilimda qolmadi tinchlik va orom.

Ey sarbon, ohista yur,

Oromi jonim boradur

Tandan dilu jonim olib,

Ul dilistonim boradur.

Qolurmu men olis bo‘lib,

Bechora-yu ma’yus bo‘lib,

Qalbim firoq tig‘i tilib,

To ustixonim boradur.

Ey sarbon, ohista yur,

Oromi jonim boradur.

Sarkash nigorimdan judo,

Ayshu qarorim bebaqo,

Manqalda otashdek qaro

O‘t birla qonim boradur.

Cheksamda zulmni dodini,

Ham va’dalar barbodini,

Ko‘ksumda tutgum yodini

Toki zabonim boradur.

Ey sarbon, ohista yur,

Oromi jonim boradur.

To‘xtat biroz, ey, sarbon,

Karvonni qilma tez chunon,

Sarviravon ishqida jon

Ruhi ravonim boradur.

Qayt, ko‘zlarimga qo‘y oyoq,

Ey, dil piri, ketma yiroq,

Ey nozanin, ko‘kka bu choq

Ohu fig‘onim boradur.

Ey sarbon, ohista yur,

Oromi jonim boradur.

Qilma fig‘on, ey Sa’diyo,

Hech arzimas ul bevafo,

Toqatni qo‘ymas bu jafo

Aqlu imonim boradur.

Ey sarbon, ohista yur,

Oromijonim boradur.

YODINGDAMU YOSHLIGIMIZ

Yodingdamu yoshligimiz,

Beqaror beboshligimiz,

To‘ymay bu keng olamga

Baxtiyor, shodligimiz.

Qo‘l teksa titrab qo‘ling,

Balog‘at to‘sgach yo‘ling,

Aylanmay so‘zga tiling

Qayrilma qoshligimiz.

Ilk bora yorni quchib,

Lablardan labbol ichib,

Bu olamdan voz kechib

Bo‘salar taloshligimiz.

Daryodek yillar o‘tar,

Yosh ketib pirlik yetar,

Lek ba’zan qo‘msab ketar

Beqaror yoshligimiz.

Bahor bu yozdan nishon,

Yoz kelsa kuzdan nishon,

O‘g‘il-qizda qaytar, ishon

Baxtiyor yoshligimiz.

Yodingdamu yoshligimiz,

Beqaror beboshligimiz,

To‘ymay bu keng olamga

Baxtiyor, shodligimiz.

Sherali Jo'rayev muzikasi, Usmon Azim she’ri

Bir zamonlar kishilarni to‘ylarini o‘tkazib yuradigan, dostonlar aytadigan bir baxshi yigit

bo‘lgan ekan. O‘sha yigit tog‘ni u tomoniga o‘tib, bir odamni to‘yini o‘tkazib o‘z yurtiga qaytib

kelayotsa, tog‘ni tomonida cho‘ldan kelayotgan bir karvonga ko‘zi tushibdi. Karvonboshini

to‘xtatib, so‘ray boshlabdi: “Bu, tuyalarni ustida qizlar doira chalib, ashula aytib kelayapti,

yigitlar oldinda shirakayf, ot o‘ynatib kelishyapti. Qayoqqa ketyapsizlar?” Shunda karvonboshi

yigitga javob qilibdi: “Biz falon qishloqdan falonchini qizini kelin qilib tog‘ni u tomoniga olib

ketayapmiz”.

Shu payt yigit bilibdiki, o‘zi ahdi paymon qilgan qizni o‘sha karvonda kelin qilib olib

ketishayotgan ekan. Qiz ham tuyani ustida o‘tirib, qizlarni orasidan haligi yigit va

karvonboshining savol-javobini eshitib, yig‘lab turganini yigit ko‘rib qolibdi. Shunda yigit qizga

Читайте также: