Севмаганим яхшийди текст песни достон эргашев

Обновлено: 19.09.2024

Sevib yana dil qonda,
Yashayabman hijronda,
Ko`ngil qoldi armonda,
Sevmaganim yaxshiydi.

Kuydim qayta uni man suyib,
Alam jonimni o`yib,
Muhabbatdan ming kuyib,
Sevmaganim yaxshiydi.

Ko`ngil bog`in oralab,
Sevgandim ko`p saralab,
Qo`yding qalbim yaralab,
Sevmaganim yaxshiydi. (x2)

Chaynaladi majruh til,
Yolg`on sevgi, vayron dil,
Sindi yana ko`ngil-ey,
Sevmaganim yaxshiydi. (x2)

Ko`ngil bog`in oralab,
Sevgandim ko`p saralab,
Qo`yding qalbim yaralab,
Sevmaganim yaxshiydi. (x2)

Goh yonib ketaman,
Ishqdan tonib ketaman,
Endi sevib netaman?
Sevmaganim yaxshiydi. (x2)

Ko`ngil bog`in oralab,
Sevgandim ko`p saralab,
Ey, qo`yding qalbim yaralab,
Sevmaganim yaxshiydi. (x2)

Читайте также: