Расулуллох сизни кургим келяпти текст песни

Обновлено: 04.10.2024

Yurak-yuragimdan sog`indim sizni,
Rasululloh, sizni quchgim kelyapti.
Siz ham sog`indingizmi aytingchi bizni?
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Hayot yo`llaringiz barchaga ibrat,
Har bir so`zingizda bordir nasihat.
Sizni sog`inganim ayni haqiqat,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Do`stlarim ham bugun xiyonat qilar,
Dunyo tashvishlari ustimga qular,
Dushmanim tinmayin ustimdan kular,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Muhabbat alanga ortar kun sayin,
Ko`rmasdan yashash naqadar qiyin.
Sizni chindan sevgan ko`rarmi tayin?
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Bu dunyo o`tkinchi, tugar bir kuni,
Olis samolarga uchgim kelyapti.
Yurak-yuragimdan sog`indim sizni,
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Читайте также: