Онамни кургани бораман текст песни
Обновлено: 31.10.2025
Ishlarim yo`limni to`ssa ham, 
Poyimda tikanlar o`ssa ham, 
Bir dasta gul olib bo`lsa ham, 
Onamni ko`rgani boraman.
Onam, onam, 
Onam, jon onam. 
Onam, onam, 
Oq bulutdek ko`ngli oppog`im onam.
Aytmayin bolamning g`amini, 
Bildirmay ro`zg`orim kamini, 
O`chirib yuragim shamini, 
Onamni ko`rgani boraman.
Akamning yaxshisin oshiray, 
Ukamning aybini yashiray. 
Quvnatib, mehrini toshiray, 
Onamni ko`rgani boraman.
Uy talash, mol talash qilmayin, 
Unga ko`p, menga oz demayin, 
Boshini og`ritib kelmayin, 
Onamni ko`rgani boraman.
Erkalay, oymomom o`zimni, 
Quvnatib turasiz ko`zimni. 
Kuladi eshitib so`zimni, 
Onamni ko`rgani boraman.
Hammadan go`zalsiz deb atay, 
Soddagina ko`nglini yashnatay. 
Kuldirib-kuldirib yayratay, 
Onamni ko`rgani boraman.
O`shadir buyugim, davlatim, 
Eng go`zal farzim-u sunnatim. 
Oyog`im ostida Jannatim, 
Onamni ko`rgani boraman.
Onam, onam, 
Onam, jon onam. 
Onam, onam, 
Oq bulutdek ko`ngli oppog`im onam.
Ushbu qo`shiq matni uchun Xolmurod Ibragimovga minnatdorchilik bildiramiz.
Читайте также:

