Нега сендан кечиб булмайди текст песни
Обновлено: 22.12.2024
Kechish mumkin go'zal bahordan,
Undan kechsam jonim o'lmaydi.
Atirguldan kechish mumkinu,
Nega sendan kechib bo'lmaydi?
Yulduzarga tutindim sirdosh,
Quyosh chiqsa yulduz kulmaydi.
Hammasidan kechish mumkinu,
Nega sendan kechib bo'lmaydi?
Ismingni qalbimga yozdim,
Kim sevganda yonib sevmaydi?
Jonu tandan kechish mumkinu,
Nega sendan kechib bo'lmaydi?
Xazonmas baxorlar yashaydi menda. Meni unutishni o'ylab ko'ringchi. Qarang xayolingiz shunday o'g‘irlay. Siz meni o'ylamay yashab ko'ringchi.
Sevgan yurakni OLLOH sevarkan, Sevgan yurakni pokdeb bilarkan. Ishonib OLLOHga iltijo qilsang, O'zing orzu qilgan yorni berarkan.
Tushlarimda qo‘lingni tutar qo‘lim, Ta’birini o‘ylab yomon ichikdim. Meni uzoq kutgan eding sevgilim, Afsusdaman, yigirma yil kechikdim.
Kipriklar orasida saqlayman sizni, Ko'zlarim qorasiday asrayman sizni. Xar on xar soniya eslayman sizni, Bilib qo'ying hech kimga bermayman sizni.
Yurak nega azob berasan.? Nega faqat u deb urasan.? Senga shuncha azob bersa ham, Nega yolg'iz uni sevasan.
Orzularim puchmi endi? Baxor ko‘nglim qishmi endi? Bahtli kunlar tushmi endi? Ayt sevgilim, ayt sevgilim? Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Sevgi tarixi dostoni uzun, Ne qilay, bu doston ado bo'lmasa. Sevgi sevgi emas, bir dil sevsa-yu O'zga bir yurakdan sado bo'lmasa.
Muhabbat, sen chiroyli, Muhabbat, sen gozalsan. Tagin bir zum turaylik, Gapirmayman, uyalsang. Song ketarmiz. Sezdimki Men orzuga yetmadim. Seni shunday sevdimki Qo‘lingdan ham tutmadim. Qo‘ling. sening qo‘llaring, Muloyimdir, ehtimol. Ayri tushdi yo‘llarim, Sevar yorim, yaxshi qol. Muhabbat, unut meni, Va men ham. unutmayman. Tushlaringda.
Gohi kerak bo'lsam sizlarga agar. Shunchaki dunyodan izlamang meni. Kimgadir yoqarman kimlar suymaydi Ortimdan yomon so'z so'zlamang meni.
Yuragim sezadi sening kelishing, Qalbimni yig'latar qaytib ketishing, Menga kerak emas o'tkinchi havas, Bilgin faqat yetar meni sevishing.
Читайте также: